Davavianazorat
Davavianazorat

IKAO Davlat komissiyasi

Bosh / Faoliyat / IKAO Davlat komissiyasi

IKAO ishlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yili 07-iyun 271-son Qarori bilan, Ozbekiston havo yollari milliy aviakompaniyasi huzurida tuzilgan. 1998 yili 16-iyunda Ozbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (Davavianazorat) tuzilgandan keyin, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 avgust 349-son Qarori bilan IKAO ishlari boyicha OzR Davlat komissiyasi Davavianazorat huzurida faoliyatini boshladi. Davlat komissiyasining raisi etib Davavianazorat boshligi tasdiqlandi.

Davlat komissiyasi respublikada havo mintaqasidan foydalanish va fuqaro aviatsiyasi Xalqaro tashkilotlari masalalari boyicha davlatning vakolatli organi hisoblanib, uning bajarilishi barcha vazirliklar, idoralar va kontsernlar tomonidan majburiydir.

Quyidagilar Davkomissiyasining bosh vazifasi hisoblanadi:
-xalqaro fuqaro aviatsiyasi doirasida uzoq muddatli siyosatni amalga oshirish va havo mintaqasi hamda kelgusida rejalashtirishni boshqarish;
-fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining vakolatxonalari va IKAO faoliyatining barcha sohalarida Ozbekiston Respublikasi tomonlari manfaatlarini himoya qilishni taminlash;
-xalqaro tajribalardan foydalanish va organish, xalqaro hamjamiyatda respublikaning rolini oshirish;
- Ozbekiston Respublikasiga qoshilgan, fuqaro aviatsiyasi doirasida 1944 yil Chikago konventsiyasi va fuqaro aviatsiyasi doirasidagi boshqa konventsiyalardan chiqqan, Ozbekiston Respublikasi vazifalarni bajarish va huquqlarni amalga oshirish boyicha tegishli vazirlik, idora va boshqa boshqaruv organlari tadbirlarini muvofiqlashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Davkomissiyaning bajaruvchi organi bolib ijrochi kotib va uning orinbosari boshqaradigan kotibiyat hisoblanadi.Davkomissiya kotibiyati tarkibiga axborotni taminlash boyicha mutaxassis kiradi.
Davkomissiyasi uning zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun:
-IKAO masalalari boyicha ozaro harakat qiluvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalarida Komissiya uchun takliflar ishlab chiqiladi va Komissiyaning topshirigi bilan bunday faoliyatning zarur kelishuvlari amalga oshiriladi.
-IKAOning ishchi organlarida, boshqa xalqaro tashkilotlarda, shuningdek davlat organlarida va jamoat tashkilotlarida belgilangan tartibda subyekt sifatida chiqadi va yozishmalarni amalga oshiradi.
IKAO faoliyatini organib chiqadi va tahlil qiladi.
1944 yil Chikago Konventsiyasidan kelib chiqib, vazifalari doirasida takliflar va tadbirlar tayorlash boyicha rahbarlikni amalga oshiradi.
-IKAO Assambleyasi Sessiyasi kun tartibidagi masalalarni davlat nuqtai nazarida ishlab chiqishni, kelishuvini va oldinga siljishini, shuningdek Assambleya qarorlarini amalga oshirilishini tashkillashtiradi.
-IKAO tomonidan otkaziladiga tadbirlarda Ozbekiston Respublikasi delegatsiya vakillari (mutaxassislari) ishtiroki togrisida takliflarni belgilangan tartibda tayorlaydi va taqdim etadi, bunday delegatsiyalarning ushbu tadbirlarda tashabbusli takliflari va ornilarini ishlab chiqish tashkil qilinadi;
-IKAO xujjatlari, amaldagi Tavsiya va Standartlarini davlatimizda joriy etish bilan bogliq, Komissiya qarorlarini bajarishni tashkil qiladi, shuningdek tegishli vazirlik va idoralar bilan IKAOning tegishli xujjatlarini amalda qollash va organishda hamkorlik korsatadi.
-IKAO tadbirlarida ishtirok etuvchi Respublikadagi fuqaro aviatsiyasi organlari, tegishli vazirlik va idoralar bilan delegatsiyalarning hisobotlarini taqdim etish;.
-fuqaro aviatsiyasi doirasida xorij tajribalaridan foydalanish boyicha IKAO Kotibiyatining takliflarini Respublika vazirlik va idoralariga yonaltirishni tashkillashtiradi.
-IKAO faoliyati bilan bogliq, shuningdek respublikadagi aloqador bolgan tegishli vazirlik va idoralar IKAO rasmiy xujjatlari bilan bogliq masalalar boyicha axborot malumotnoma materiallarini yetkazishni tashkil etadi.
-xujjatlarning malumotnoma fondini tegishli tomonlar bilan tuzib chiqish va foydalanishni taminlaydi. IKAOning rasmiy xujjatlarida nazorat nushalarini olib boradi.
-IKAO Amaliy Tavsiya va Standartlarini korib chiqish va tahlilni hamda bu masalada davlat tomonida turib, IKAOning ishchi organlariga oz vaqtida yetkazilishini muvofiqlashtiradi.
-IKAO talablari bilan va respublikada amal qiluvchi, qoidalar ortasidagi farqlarning royxatini belgilangan tartibda tayorlab IKAOga taqdim etishni taminlaydi.
-OzR FA manfaatlaridan kelib chiqib IKAO tomonidan otkaziladigan seminarlarda, konferentsiyalarda, yigilishlarda, majlislarda va boshqa tadbirlarda qatnashadi.
- Ozbekiston Respublikasi xududida xorijiy davlatlar havo kemalari bilan bogliq aviatsiya xodisalarini tekshirish natijalari boyicha, shuningdek fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashuvi xujjatlari boyicha materiallar va hisobotlarni IKAOga tayorlash va taqdim etishda qatnashadi.
- Ozbekiston Respublikasi ozining xududida fuqaro havo kemasida sodir bolgan aviatsiya xodisalari boyicha avvaldan va axborot hisobotlarini, shuningdek fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashuvi xujjatlarini IKAOga taqdim etadi.
-idoralararo ishchi guruhining ishlarini muvofiqlashtiradi va ularga zarur yordamlarni korsatadi. -radionavigatsiya tizimidan foydalanish va tuzish doirasida Ozbekiston Respublikasi korxona, tashkilot va idoralari xalqaro hamkorligini muvofiqlashtirish masalalari, radionavigatsiya masalalari boyicha Qomita ishlani, shuningdek navigastiya axborotlarida fuqaro va harbiy talablarni taminlash hamda radionavigatsiya dalalarida yaxlitligini tuzish boyicha respublikadagi muvofiqlashtirish ishlarini tashkillashtiradi.
-radionavigatsiya masalalari boyicha xalqaro va milliy tashkilotlar tomonidan otkaziladigan tadbirlarda Ozbekiston Respublikasi vakillari (mutaxassislari) delegatsiyalarining ishtiroki togrisida takliflarni belgilangan tartibda tayorlaydi va taqdim etadi.
-IKAO faoliyati bilan bogliq masalalar boyicha Xalqaro Aviatsiya Qomitasi (XAQ) bilan ozaro hamkorlikni amalga oshiradi.
-IKAO talablari va tavsiyalarini hisobga olgan holda, Ozbekiston Respublikasining boshqa davlatlar ortasida havo xabarlari doirasidagi idoralararo kelishuvlarni ishlab chiqishda komaklashadi.
-havo xabarlari doirasidagi Ozbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar ortasida idoralararo va boshqa kelishuvlarni OzR ekspluatantlari IKAO royxatidan otkazishni amalga oshiradi.
-Chikago Konventsiyasiga muvofiq Ozbekiston Respublikasida qabul qilingan, tashish togrisida IKAOga taqdim etish kozda tutilgan, xalqaro havo xabarlari bilan band, Kelishilgan davlatlar aviakorxonalari boyicha xarajatlar va moliyaviy malumotlar statistikasi majburiyatlarini bajarish taminlanadi.

IKAO ishlari boyicha OzR Davlatkomissiyasi tarkibi:

1. Tashqi aloqalar Vaziri orinbosari

2. Mudofaa Vaziri orinbosari

3. Ichki ishlar Vaziri orinbosari

4. Adliya Vaziri orinbosari

5. Moliya Vaziri orinbosari

6. Sogliqni saqlash Vaziri orinbosari

7. Favqulodda vaziyatlar Vaziri orinbosari

8. Milliy xavfsizlik xizmatlari Raisi orinbosari

9. Davlat bojxona qomitasi Raisi orinbosari

10. Ozgidromet Bosh Direktori orinbosari

11. Milliy Aviakompaniya Bosh Direktori orinbosari

12. Ozaeronavigatsiya Markazi Direktori orinbosari

13. Axborot texnologiyalari Davlat Qomitasining Rais orinbosari

Kochirilsin
O'lcham: 209.8 kb Format: pdf

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 06 03 2017 16:41:44.

— Foydali Havolalar