Davavianazorat
Davavianazorat

Odob-axloq qoidalari

Bosh / Faoliyat / Odob-axloq

Ozbekiston Respublikasi parvozlar xafvsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Odob-axloq qoidalari

1. Ozbekiston Respublikasi parvozlar xafvsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Davavianazorat inspeksiyasi) xodimlarining davlat xaridlarini amalga oshirishda rioya etishi lozim bolgan Odob-ahloq qoidalari Ozbekiston Respublikasining Davlat xaridlari togrisidagi 2018 yil 9 apreldagi 472-son Qonuni asosida ishlab chiqilgan.
Davavianazorat inspeksiyasi oz faoliyati uchun zarur bolgan tovar(ish, xizmat)lar xaridini amalga oshirish jarayonida ushbu Odob-axloq qoidalariga(keyingi orinlarda Qoidalar deb nomlanadi) rioya qiladi.

2. Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida quyidagi prinsiplar asosida ish yuritiladi:
davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati; asoslanganlik;
ochiqlik va shaffoflik;
tortishuv va xolislik;
mutanosiblik;
Davlat xaridlari tizimining yagonaligi;
moliyaviy mablaglardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi, samaradorligi; korrupsiyaga yol qoymaslik.

3. Manfaatlar toqnashuvini oldini olish:
Davavianazorat inspeksiyasi davlat xaridlari bilan shugullanuvchi xodimlari, shuningdek xarid komissiyasining azolari xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda oz ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bolishi mumkin bolgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas. Yuqorida sanab otilgan shaxslar:
-shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek oz oila azolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ortasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin; -manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud toqnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak.
Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar toqnashuvi togrisida xabar topgan, yuqorida nomlari keltirilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning ozida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar toqnashuvi mavjudligi togrisida malumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish boyicha oz vaqtida choralar korishi shart.

4. Kasbiy tayyorgarlikni tekshirish tartib-taomillari va unga doir talablar: Davlat xaridlarini amalga oshirishga masul etib biriktirilgan xodimlar hamda xarid komissiyasi azolari kasbiy tayyorgarligi jihatidan ornatilgan talablarga javob berishi lozim.

5. Davlat xaridlari jarayonida quyidagilarga:
ishtirokchilarni kamsitishga, boshqa ishtirokchilarga zarar yetkazgan holda bir ishtirokchiga imtiyozlar yoki preferensiyalar berishga;
davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslanmagan usullarini qonunga xilof ravishda tanlashga, davlat xaridlari subektlariga tasir otkazishga, davlat xaridlarida ishtirokchilarning ishtirok etishi togrisidagi axborotni oshkor etishga, ularning sonini asossiz ravishda cheklashga yoki ularning malakasiga qoyilgan talablarni oshirishga, raqobatga yol qoymaslikning, uni cheklashning yoki bartaraf etishning boshqa shakllariga, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;
narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib korsatish maqsadida ishtirokchilarning oldindan til biriktirishiga;
ishonchsiz yoki buzib korsatilgan axborotni taqdim etish yoki tarqatishga, shuningdek davlat xaridlari togrisidagi axborotdan foydalanishni asossiz ravishda cheklashga;
davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslangan usullarini chetlab otish maqsadida davlat xaridlari hajmini qismlarga bolib tashlashga;
ishtirokchilarning suniy tarzda pasaytirilgan narxlar boyicha takliflar berishiga, keyinchalik shartnomani imzolashni yoki uni tegishli tarzda ijro etishni rad etishiga; davlat xaridi tarkibiga texnologik va funksional jihatdan ozaro bir-biri bilan bogliq bolmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritishga;
firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiyaning namoyon bolishiga;
moliyalashtirish manbalari va hajmlari mavjudligi togrisida tasdiqlarga ega bolmagan yoki ajratilgan mablaglar hajmidan ortiq miqdordagi davlat xaridlarini amalga oshirishga yol qoyilmaydi.

6. Xodim tomonidan Qoidalarning buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bolishi mumkin.


Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 22 05 2018 09:10:42.

— Foydali Havolalar