Davavianazorat
Davavianazorat

Vazifalar va funksiyalar

Bosh / Biz hakimizda / Vazifalar va funksiyalar

Ozbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi 1998 yili 16-iyunda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.06.1998 y. dagi 255-son qarori bilan, tarkbidan Ozbekiston havo yollari milliy aviakompaniyasi chiqarilib, Davlat inspeksiyasi bazasida mustaqil yuridik shaxs huquqida tashkil etilgan. Ozbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Ozbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasining faoliyati sohasida siyosatni joriy qiluvchi, havo kemalaridan foydalanuvchilar, aviatsiya korxonalari va tashkilotlari tomonidan havo kemalarining parvoz xavfsizligini taminlovchi belgilangan qoidalar va meyorlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi davlat organidir.

Davavianazoratning asosiy vazifalari:

- Fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati soxasida davlat nazorati;
- parvoz xavfsizligini ta’minlash bo’yicha fuqaro aviatsiyasi faoliyati soxasidagi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirish ishlarni tashkil etish va ta’minlash;
- parvoz xavfsizligini ta’minlash, fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini va fuqaro xavo kemalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha normative va qoidalarni takommilashtirish va qayta ishlab chiqish;
- o’z vakolatlari doirasida xavo qatnoviga xizmat ko’rsatish tashkil etilishi va O’zbekiston Respublikasi xavo xududidan foydalanish ustidan nazorat qilish;
- Fuqaro va eksperimental aerodromlarini va fuqaro xavo kemalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish;
- Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya texnikasi foydalanish-texnik xujjatlarini, modifikasiyasini va ishning tamomlashni tasdiqlash;
- Fuqaro va eksperimental xavo kemalari bilan yuz bergan aviatsiya xalokati va bahtsiz xodisalarni surishtirish;
- Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya ishlarini bajarish va aeroportlarda xavo tashuvlarini amalga oshirish bilan bog’liq xavo kemalariga xizmat ko’rsatish bo’yicha faoliyatni lisenziyalashni tashkil etish;
-alqaro tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini ifodalash, «Davavianazorat» inspeksiyasi vakolatlariga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha boshqa davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlari va tuzilmalari bilan o’zaro aloqa qilish xamda xamkorlikni ta’minlash.

Davavianazoratning asosiy vazifalari

Davavianazorat inspeksiyasi oziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

- quyidagilarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi:
parvozlarni tashkil etish, ta’minlash va bajarish qoidalari, fuqaro xavo kemalaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko’rsatish qoidalari;
fuqaro xavo kemalarini ishlab chiqarish qoidalari (ulardan foydalanish jarayonida ushbu kemalarning parvozlari xavfsizligiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish nuqsonlari aniqlangan taqdirda);

fuqro va eksperimental aviatsiya aerodromlaridan, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlardan fuqaro xavo kemalari qatnovlari xavfsizligini ta’minlashga oid qismi yuzasidan foydalanish qoidalari, shuningdek er ustidagi asbob-uskunalardan foydalanish qoidalari;
fuqaro xavo kemalari parvozlari xavfsizligini ta’minlashga tegishli qismi yuzasidan avitsiya xodimlarini tayorlash qoidalari (xodimlarni tekshirish va ularni ishga qo’yish xam shu jumlaga kiradi);
fuqaro xavo kemalarining uchishga yaroqliligi normalari;
fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari foydalanishga yaroqliligi normalari; fuqaro va eksperimental aviatsiya xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish qoidalari;
aviatsiya xavfsizligini ta’minlash normalari, qoidalari va tartib-qoidalari, shuningdek boshqa normativ xujjatlardagi aviatsiya qoidalari;
- qonun xujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarni tashkil etadi va amalga oshiradi:
xavo kemalari ekspluatantlarini sertifikatlashtirish, aviatsiya texnikasiga texnika xizmati ko’rsatishni tashkil etish;

fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlarni, aeroportlarni, aviatsiya xodimlarini, fuqaro aviatsiyasining aviatsiya o’quv markazlarini sertifikatlashtirish;
yagona nusxadagi xavo kemalari turini, ushbu xavo kemalarini ishlab chiquvchilar va ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek faoliyati parvozlar xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan fuqaro aviatsiyasining boshqa ob’ektlari va sub’ektlarini sertifikatlashtirish (tegishli sertifikatlar yoki guvoxnomalar berilgan xolda);
fuqaro aviatsiyasi ob’ektlariga xorijiy sertifikatlarni, xorijiy davlatlarning aviatsiya mutaxassislariga berilgan sertifikatlarni (guvoxnomalarni) e’tirof etish;
- fuqaro xavo kemalarining uchishga yaroqliyligi normalarini, fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari foydalanishga yaroqliligi normalarini, shuningdek: aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko’rsatish tashkil etishni sertifikatlash;
fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlarni sertifikatlashtirish;
fuqaro aviatsiyasi aviatsiya o’quv markazlarini, shuningdek faoliyati parvozlar xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan fuqaro aviatsiyasining boshqa ob’ektlari va sub’ektlarini sertifikatlashtirish;
parvozlarni tashkil etish va ta’minlash, fuqaro va eksperimental xavo kemalaridan uchishda va texnik maqsadlarda foydalanishni tashkil etish, fuqaro xavo kemalari davlat ro’yxatidan o’tkazish, xavo qatnovini tashkil etish, parvozlarni aerodrom bilan ta’minlash;
xavo kemalarida tashish va aviatsiya ishlari;
aviatsiya xodimlarini kasb faoliyatiga qo’yish tartibi.

Kochirilsin
O'lchami: 361.4 kb Fortmati: pdf

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 06 03 2017 16:41:31.

Qo'shimcha Havolalar

Murojaatlar statistikasi
  1. Jami: 56
  2. Bajarilgan arizalar: 54
  3. Jarayonda:2
  4. Rad etilganlar: 0
  5. Bekor qilinganlar: 0
  6. Batafsil
Faoliyati uchun yagona telefon raqami

+ 99871-120-00-57
Batafsil

— Foydali Havolalar