Davavianazorat
Davavianazorat

"Elektron hukumat" tizimi tarkibida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Bosh / Boshkalar / "Elektron hukumat" tizimi tarkibida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-sonli Ozbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori talablariga muvofiqlashtirish uchun Davavianazorat rasmiy sayti www.uzcaa.uz ni muntazam ravishda takomillashtirish ishlari taminlanmoqda

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli Ozbekiston Respublikasining axborot-kommunikatsion Milliy tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori bilan davlat boshqaruvi organlari oldiga ularning oz funksiyalari bajarilishi tezkorligini va sifatini oshirishga imkon beruvchi, davlat organlari faoliyatini avtomatlashtirish, axborot tizimlarini ozaro integrallashivu va yaratilishi boyicha bir qator muhim vazifalarni qoyuvchi, 2013 va 2014 yillarda Ozbekiston Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirish boyicha loyihalar va chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Hozirgi kunda Davavianazorat yo'naltirilgan faoliyati sohasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko'rsatiluvchi interfaol xizmatlari ko'zda tutilgan;

O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2016 yil ish natijalari bo‘yicha 2017  yil 26 yanvardagi yig‘ilish
Bayonnomasidan ko‘chirma

 

Ishtirok etdilar:  Davavianazorat boshlig‘i, boshliqning o‘rinbosari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, xodimlar.
Taklif etilganlar: «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi yetakchi mutaxassisi – Tursunov Sh.Sh.

Kun tartibi:
………………………………………..
16. “Davavianazorat” inspeksiyasida «Elektron hukumat» tizimining shakllanish jarayoni.
…………………………………………

Boshliqning o’rinbosari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish natijalariga hamda 2016 yilning muhim iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan nutqidan kelib chiqib, “Davavianazorat” inspeksiyasida 2016 yil 21 yanvarida «O‘zbekiston Respublikasi “Davavianazorat” inspeksiyasida 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muhim ustuvor yo‘nalishlari dasturini joriy etilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi» ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
VI. qismiga binoan – zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyasini iqtisodiy sohada keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimining tuzilishini tubdan tezlashtirish uchun «2016 yilda “Davavianazorat” inspeksiyasi faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kelgusida rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi» tasdiqlandi.
Chora-tadbirlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,  hamda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi bilan kelishildi.
O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining zimmasiga yuklangan «Elektron hukumat» tuzish vazifasini muvoffaqiyatli joriy etish uchun axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalari sohasini takomillashtirish va elektron shaklda davlat hizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha “Davavianazorat” inspeksiyasida ulkan ishlar amalga oshirildi. D“Davavianazorat” inspeksiyasining davlat hizmatlari barcha spektori davlat hizmatlarining Yagona reyestriga kiritildi.
2016 yilda AAT «DI» tizimi muvoffaqiyatli joriy etildi, “Davavianazorat” inspeksiyasida hizmatlarning ushbu tizim doirasida interaktiv formaga kirish mumkin. «Litsenziya» KISni ishlab chiqishda ishtirok etildi. Shuningdek, «Elektron hukumat» tizimini joriy etish doirasida “Davavianazorat” inspeksiyasida TIS «Kadrlar» joriy etildi, uning ishlashi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar maxsus kurslarda o‘qib kelishdi.
Yana shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, “Davavianazorat” inspeksiyasida 2017 yilda AKT rivojlanishini nafaqat quyi pog‘onaga tushirmaslik kerak, balki “Davavianazorat” inspeksiyasi faoliyatiga aholi va tadbirkor sub’ektlarning kirib kelishini kengaytirish zarur bo‘ladi.
“Davavianazorat” inspeksiyasida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni muvoffaqiyatli joriy etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi bilan kelishish bo‘yicha 2017 yilda «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va «Elektron hukumat» tizimi mexanizmini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur» tasdiqlandi.

………………………………………..

Qaror qilindi:
………………………………………..

4. AKT bo‘limi boshlig‘iga 2017 yilda «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va «Elektron hukumat» tizimi mexanizmini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur» xodimlar bilan birgalikda o‘rganib chiqilsin.

………………………………………..


Davavianazorat xodimlarining Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuroturasi vakili bilan uchrashuv BAYONNOMASI

22.07.2016y. Toshkent sh. Otkazilgan vaqti 14-00 Davavianazorat majlislar zali Yigilish ishtirokchilari: Davavianazorat xodimlari

Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuroturasi huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori, 1 darajali yurist R.X.Komilov

Kun tartibi:
Ozbekiston Respublikasi Elektron hukumat togrisidagi Qonunining mazmun va mohiyati

Sozga chiqdilar:

Davavianazorat boshligi T.E.Uljayev- uchrashuvni ochib, Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuroturasi huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori, 1 darajali yurist R.X. Komilov bilan xodimlarni tanishtirdi.

R.X.Komilov -ozining nutqida Ozbekiston Respublikasi Elektron hukumat togrisidagi Qonunining mazmun va mohiyatini keng kolamda batafsil tushuntirdi.

Hususan, elektron hukumatning asosiy vazifalari togrisidagi Qonun moddalariga, jumladan elektron hukumat sohasidagi muhim vazifalar, uning asosiy tamoillarini, elektron hukumat doirasida vakolati, elektron davlat xizmatlarining turlari haqida toxtaldi.

Nutqining nihoyasida prokuror Ozbekiston Respublikasi Elektron hukumat togrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bolishlari togrisida ishtirokchilarni xabardor qildi.

Ozbekiston Respublikasi Elektron hukumat togrisidagi Qonunining mazmun va mohiyatini batafsil xodimlarga yetkazgani, mazmunli suhbati uchun T.E.Uljayev Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuroturasi huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori, 1 darajali yurist R.X. Komilovga oz minatdorchiligini bildirdi.

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 15 03 2017 15:55:17.

Qo'shimcha Havolalar

Murojaatlar statistikasi
  1. Jami: 64
  2. Bajarilgan arizalar: 64
  3. Jarayonda:0
  4. Rad etilganlar: 0
  5. Bekor qilinganlar: 1
  6. Batafsil
Faoliyati uchun yagona telefon raqami

+ 99871-120-00-57
Batafsil

— Foydali Havolalar