Davavianazorat
Davavianazorat

UUA foydalanish boyicha MALUMOT

Bosh / UUA foydalanish boyicha MALUMOT

Ozbekiston Respublikasi xavo boshligida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish va ularni Ozbekiston Respublikasining xududiga olib kirish faqat Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 26.11.2014y. 322-sonli qaroriga asosan Ozbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining aloxida qarori bilan ruxsat beriladi.

Ayni paytda bunday ruxsatni Uzgashkliti DUK xamda Ozbekiston milliy teleradiokompaniyasi olgan.

Bunday ruxsatni faqat yuridik shaxs faqat idoraviy vazifalarini bajarish uchun olishi mumkin. Korsatilgan xizmatga xaq undirish yoki undirmaslik tashkilotlar tomonidan, jumladan jismoniy shaxslar tomonidan man etiladi.

Ozbekiston Respublikasi xukumatidan bunday ruxsatni olmoqchi bolgan tashkilot, radioelektron qurilmadan foydalanishga vakolatli organning belgilangan tartibda ruxsatini olishi kerak.

Yuqorida aytib otilgan ruxsat olingandan keyin, buyurtmachi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 31 avgust 287-son Ozbekiston Respublikasi davlat va fuqaro aviasiyasida uchuvchisiz uchish moslamalaridan foydalanish tartibi togrisidagi nizomga asosan foydalanish va royxatdan otkazish uchun Davavianazoratga ariza beradi.

Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga va royxatdan otkazish uchun ruxsat olgandan keyin buyurtmachi Ozbekiston Respublikasi Xavo xududidan foydalanish uchun Xavo xududidan foydalanishni boshqarish yagona tizimidan ruxsat bolgandagina Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni boshlaydi. Ozbekiston Respublikasi xavo mintaqasidan foydalanishga ruxsat olish tartibi :
Ozbekiston Respublikasi davlat va fuqaro aviasiyasida uchuvchisiz uchish moslamalaridan foydalanish tartibi togrisidagi nizomning 7-ilovasiga asosan amalga oshiriladi.
ushbu talablar xavo kemalarining aviamodellari xamda oyinchoq modellariga tegishli emas.

Xavo kemasining oyinchoq modellaridan xavo xududidan foydalanishga yuqorida korsatilgan shartlarsiz xam ruxsat beriladi. Oyinchoq modellarning parvoz balandligi 50 metrdan oshmasligi, aerodrom xavo yolagidan 150 metr uzoqlikda, odamlardan xavfsiz masofada bolishi xamda uchish moslamasi bilan vizual aloqani doimo saqlab turishi lozim.

Xavo kemalari modellari (aviamodellari)ning parvozi oquv, sport, madaniy-marifiy tadbirlar, texnik ijodiyotni rivojlantirishga qaratilgan bolib, Ozbekiston Respublikasi xavo xududidan foydalanish togrisidagi nizomga muvofiq xavo kemalari parvozining faqat maxsus zonalarida bajariladi.

Ushbu faoliyat xaqidagi batafsil malumotni Davavianazoratning masul mutaxassislaridan olishingiz mumkin. aloqa telefon raqami: 1200059 e-mail: nazarov@uzcaa.uz


Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 16 10 2018 10:08:39.

— Foydali Havolalar