Bugun Oʼzbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida agentligining boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasining jamoa yigʼilishi boʼlib oʼtdi

Boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasining faoliyati agentlikning xodimlari-kasaba uyushma aʼzolarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalardagi qonuniy huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlar va ularning oila aʼzolariga yordam koʼrsatish, xodimlarning maʼnaviy saviyasini oshirish, xodimlarini sogʼlomlashtirish boʼyicha amallarga qaratilgan.

“Oʼzaviatsiya” agentligida   kasaba uyushmasi aʼzolarining manfaʼtlari va huquqlari himoyasi maʼmuriyat va boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasi aʼzolari bilan xamkorlikda 2020 yil yakunida ishlab chiqilgan “Аgentlikning 2021-2025 yilar uchun jamoa shartnomasi” bilan belgilanadi.

Yigʼilishda agentlikning barcha xodimlari, Аviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining maʼsul hodimi Karimov Аbduraxim hamda Oʼzbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi hodimi Extiyorov Jaxongirlar qatnashdilar.

Yigʼilishning kun tartibi:

  1. “Oʼzaviatsiya” agentligining maʼmuriyati va boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasining 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisidagi hisoboti(Maruzachilar T.Ulьjaev va R.Gulyamov).
  2. “Oʼzaviatsiya” agentligining kasaba uyushmasi qoʼmitasining Taftish komissiyasining 2020 yil faoliyati toʼgʼrisida.
  3. “Oʼzaviatsiya” agentligining kasaba uyushmasi qoʼmitasining taftish komissiyasi tarkibini saylash.

“Oʼzaviatsiya” agentligining maʼmuriyati va boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasi faoliyati bir ovozdan qoniqarli deb topildi.

Аgentligining boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasi Taftish komissiyasining yangi aʼzolari bir ovozdan jamoa tomonidan saylandi.

Аgentlik xodimlarining samarali mehnati uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, dam olishi va hordiq chiqarishi masalalari “Oʼzaviatsiya” agentligi kasaba uyushmasining oʼz oldiga qoʼygan asosiy maqsadidir!