Mintaqaviy hamkorlik

Bugun “O‘zaviasiya” agenligining vakillari Toshkent shahrining Wyndham Tashkent mehmonxonasida Yevropa va Venesiya komissiyasi hamkorligida Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat xizmatchilari uchun “Davlat boshqaruvini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligi tamoyillarini xurmat qilish” mavzusida mintaqaviy seminarning 1-sessiyasida ishtirok etdilar.

Tadbir davomida davlat xizmatini rivojlantirish sohasida taniqli ekspertlar ma'ruzalar bilan ishtirok etdilar. Ma'ruzada davlat boshqaruvini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligi tamoyillariga rioya qilish masalalariga tuxtalib o‘tildi. Qisqa fursatda mazkur uchrashuv ilg‘or tajribalar bilan almashish uchun yetuk xalqaro va milliy ekspertlarni birlashtiradigan ochiq muloqot maydoniga aylanishga ulgurdi.

Mazkur tadbirning kelgusi sessiyalarida davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, davlat xizmati doirasida samaradorlikni boshqarish masalalariga qaratiladi.