Quvaytning "Jazeera Airways" aviakompaniyasi O'zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan Quvayt davlati o'rtasida havo qatnovi to'g'risidagi bitim asosida "O'zaviatsiya" agentligi tomonidan 2021-yil 12 – aprelda "Jazeera Airways" aviakompaniyasiga Quvayt - Toshkent-Kuvayt yo'nalishida  muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 8-K-sonli ekspluatasion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni A320-214 va A320-251N havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qildi.