O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

2020 yil 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimini joriy etish to‘g‘risidagi buyrug‘i imzolandi.

“Ochiq osmon” rejimi 2020 yilning 1 avgustidan boshlab IATA “Qish 2022/2023” mavsumi yakunigacha ikki yil muddatga uni uzaytirish yoki shartlarni o‘zgartirish imkoniyati bilan:

  • Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy va  Urganch shahridagi aeroportlarda, ularning texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda hech qanday cheklovlarsiz  “beshinchi havo erkinligi” huquqini qo‘llagan holda; 
  • Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand shahridagi aeroportlarda,  ularning texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda parvozlar soni cheklovlarisiz, O‘zbekiston Respublikasida  tayinlangan tashuvchilar foydalanmagan yo‘nalishlarda “beshinchi havo erkinligi” huquqi bilan;
  • Navoiy va Termiz shaharidagi aeroportlarda,  ularning texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda hech qanday  cheklovlarisiz yuk tashish parvozlarini  amalga oshirish uchun “yettinchi havo erkinligi”ga qadar bo‘lgan huquqi belgilandi.

Samarqand shahridagi aeroportda qayta taʼmirlash ishlari yakunlangach “Ochiq osmon”  rejimi joriy etiladi.