Prezidentning Oliy Majlisga va xalqqa yoʼllangan Murojaatnomasiga bagʼishlangan davra suhbati

Oʼzbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yoʼllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan maʼnaviy - maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oʼzbekiston Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti katta oʼqituvchisi Xasan Аtamuradov mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bosqichni belgilovchi, Oʼzbekistonni yaqin yillarda kompleks rivojlantirishning ustuvor jihatlarini belgilab bergan Murojaatnomaning mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Oʼtkazilgan davra suhbatida mamlakatimiz taraqqiyoti uchun kontseptual ahamiyatga ega boʼlgan mazkur Murojaatnomada ilgari surilgan gʼoya va tashabbuslarning oʼziga xos jihatlari, undan kelib chiqadigan vazifalar toʼgʼrisida fikr-mulohazalar yuritildi.

2021 yilning “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va xalq salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilinganligi esa ulkan vazifalar ijrosini taʼminlash boʼyicha ustuvorliklar toʼgʼri va aniq belgilanganining yorqin namoyishi boʼldi.

Prezident Murojaatnomasida belgilangan ulkan vazifalardan kelib chiqib “Uzaviatsiya” agentligi rahbariyati va jamoasi ham, mamlakatda fuqaro aviatsiyasining xavfsizligi sohasida yangicha bosqich va taraqqiyot darajasiga erishish, fuqaro aviatsiyasi sohasini takomillashtirish chora-tadbirlarini koʼradi.