"FlyNas" Aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi.

O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabiston Qirolligi o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama davlatlararo Bitimi asosida "O‘zaviasiya" agentligi tomonidan Saudiya Arabiston Qirolligining "FlyNas" aviakompaniyasiga 2021 yil 25 iyunda 12-K sonli O‘zbekiston Respublikasiga Ar-Riyod-Toshkent-Ar-Riyod yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatasion ruxsatnoma berildi. Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320-251N havo kemasida amalga oshiradi.